IJTIMOIY PSIXOLOGIYA

IJTIMOIY PSIXOLOGIYA – kishilarning ijtimoiy guruhlarga birlashishini, guruhiy tavsifni, shax- Sning ruxiy faoliyati va xulq-atvorini, ijtimoiy psixologik qonuniyatlar, holatlar, hodisalar, ijtimoiy ustanov- ka kabilarni tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi. Avvallari I.p. da voqelik fal- Safiy nuqtai nazardan o’rganilib kelin- gan, lekin shaxs, guruh, jamoa munosa- batlari qamrab olinmagan. I.p. faniga umumiy psixologiya, sosiologiya, antro- pologiya, eti., kriminologiya, falsafa kabi fanlar asos bo’lib xizmat qilgan. 19-a.ning 2-yarmida I.p. ni fan sifa- tida rivojlantirishga ilk urinishlar bo’lgan. Jahon jamoatchiligi tomonidan I.p. 1908 y. dan fan sifatida tan olin- gan. 2-jahon urushidan keyingi yillar- da AQSh va b. mamlakatlarda psixolo- giya muammolari yuzasidan tadqiqotlar o’tkazila boshlandi. Ayniq-sa, AQShda Kotorning o’tkazgan tajribasi, E. Meyo- ning izlanishlari I.p. tarixida muhim rol o’ynadi. Bu tadqi-qotlarga kichik guruhlar asosiy ob’ekt kyugab olin- gan, tajribalar esa lab. sharoitida o’tkazilgan. I.p. fan sifatida muloqot, muomala qonuniyatlari, shaxslararo mu- nosabat, individual va gu-ruhiy o’zaro ta’sir, guruxlarning ichki va tashqi tuzilishi, ularning turlari, tasnifi, ommaviy holatlar va harakatlar, ijti- moiy va milliy ong, mentalitet, mil- liy qiyofa, xarakter, ta’b, an’ana, odat, marosim va b. ni tekshiradi. I.p. bir necha sohalarni o’z ichiga qamrab oladi: etnopsixologiya, din psixologiyasi, oila psixologiya-si, boshqaruv (menejment) va marketing psixologiyasi, kichik va katta guruh psixologiyasi, modalar psixologi- yasi, reklama psixologiyasi, insonni in- son tomonidan idrok kilish psixologi- yasi, amaliy I.p. kabilar. O’zbekistonda I. p. yo’nalishidagi tadqiqotlar aso- san mustaqillik davrida yo’lga qo’yila boshlandi. Bu ishlar zaminida I. p. sohalaridan biri — «oila psixologiya- si» ilmiy maktabi vujudga keldi. O’zbek oilasining ijtimoiy psixologik, et- nopsixologik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarni o’zida mujassamlash- tirgan «oila psixologiyasi» Darsli- gi yaratildi. Mamlakatda Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazi faoliyat ko’rsatadi. Ergash G’oziev.