Ijtimoiy falsafa
Ijtimoiy falsafa – falsafa fanining jamiyat va uning taraqqiyoti qonuniyatlarini o’rganuvchi sohasi. I. f. insonlarning amaliy faoliyati va ular o’rtasidagi ijtimoiy munosabat- larni ham taxlil qiladi. Insonlar tur- li faoliyatlari jarayonida o’z hayotlari uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni, ma’naviy va ijtimoiy muhitni yaratadilar va bu ja-rayonda o’zaro turli munosabatlar o’rnatadilar. Bular i.ch., siyosiy, axloqiy, oilaviy va b. ijtimoiy munosabatlardir. Jami- yat esa o’zaro ijtimoiy munosabatlar- da bo’lgan insonlardan tashkil topadi. Insonlarning turli faoliyati ular ij- timoiy hayotining asosiy maz-munini tashkil etadi va jamiyat ta-raqqiyotini belgilaydi. I.f. insonlar faoliyati va ijtimoiy munosabatlarining ob’- ektiv va sub’ektiv tomonlarini taxlil qiladi. I.f.ning asosiy masalasi — in- sonlarning ongi, tafakkuri, borligi, turmushidir. Bu, bir tomondan, ular- ning maqsadlari, iqtisodiy, siyosiy, axloqiy va h.k. mo’ljallarini, ikkinchi tomondan, ular hayoti va faoliyatining ob’ektiv shartsharoitlarining o’zaro bog’liqdigini o’z ichiga oladi. Jamiyat taraqqiyoti qrnuniyatlarini idealistic yoki materialistik talqin qilish mum- kin. Idealistik nazariya jamiyatdagi barcha o’zgarishlarning sababchisi inson- larning ongi yoki dunyoviy ruh deb tushun- tiradi. Unga ko’ra, jamiyatda insonlar ongli ravishda faoliyat ko’rsatadilar, chunki ular biron-bir ish qilishdan ol- din uni o’z onglarida, tafakkurlarida uz maqsadlari va uning mohiyatini aqlan tasavvur qiladilar. Ya’ni, bajaradi- gan ishlari, faoliyatlarining g’oyaviy, aqliy rejasi uning amaliy natijasidan oldin tuziladi. Bundan ong birlamchi, boshqa hamma narsa ikkilamchi, ongning mahsuli va ong tomonidan belgilanadi, moddiy va ma’naviy boyliklar, boshqa ijtimoiy hodisalar ongning, umuman inson hayotidagi ma’naviyatning mujas- samlanishi va ifodasidir, deb talqin qilinadi. Bu insoniyat tarixida aqliy mehnatning jismoniy mehnatdan, ma’- naviyatning moddiy i.ch.dan ajralib chiqishi b-n ham tasdiqdanadi, deb Xu- losa chiqariladi. Idealistik I. f. ta- rafdorlari asarlarida jamiyat va in- son faoliyatining turli sohalariga oid xil-maxil fikrlar mavjud. Nemis mum-toz falsafasi vakillari I. Kant, G. Gegel, frantsuz faylasuflari o. Kont va E. Dyurkxeym, hoz. zamon pozitiviz- mi, ekzistentsializm va b. yo’nalishlar vakillarining ijtimoiy-falsafiy dunyoqarashlari muhim ahamiyatga ega. Materialistik nazariya esa bar- cha o’zgarishlar negizida insonlarning moddiy turmushi, ularning ijtimoiy borligi yotadi, deb tushuntiradi. Bu- lar ijtimoiy va individual ongning paydo bo’lishi va rivojlanishining ob’ektiv asosidir, deb hisoblaydi. Hozir ham idealistik va materiali- stik dunyoqarashlar o’z ahamiyati va dol- zarbligini yo’qotmagan. Ijtimoiy-fal- Safiy fikr sohasida mavjud bo’lgan ko’pchilik yo’nalish va maktablar shu ikki oqim tarafdorlaridir. I. f. sohasidagi plyuralizm ijobiy ahamiyatga ega, chun- ki u ijtimoiy hayotdagi hodisalarni talqin qilishdagi biryoqlamalikdan voz kechishga, tarixiy jarayondagi moddiylik va ma’naviylikning o’zaro aloqasini chuqurroq taxlil qilishga imkon beradi. I. f. — tarix, sosiologiya, siyosatshunos- lik, ijtimoiy psixologiya, huquq, etika va b. ijtimoiy fanlar uchun metodolo- giya rolini o’ynaydi. I. f. dunyoqarashni shakllantirish, nazariy, uslubiy va voqeahodisalarni oldindan aytish va- zifalarini bajaradi. Dunyoqarashni shakllantirish vazifasi insonning ja- miyatdagi o’rni, turmushi, moddiy va ma’- naviy shartsharoiti, hayot maqsadlari to’g’risidagi masalalarni qamrab oladi. I.f.ning nazariy vazifasi ijtimoiy taraqqiyot jarayonining mohiyati, mazmu- ni va yo’nalishini asoslab beradi. Uslu- biy vazifasi ijtimoiy hayotdagi ayrim hodisa va jarayonlarni turli ijtimoiy fanlar tomonidan tadqiq etishda uning qonuniyatlari va kridalaridan foyda- lanishdan iborat. I.f.ning oldindan aytish (ba-shorat qilish) vazifasi jami- yat, uning ayrim tomonlari taraqqiyoti, inson faoliyatining yaqin va bo’lajak oqibatlarini oldindan aytib berishdan iborat. I.f.ning mazkur vazifalari fal- Safiy tafakkur nazariyasi va uslubini egallagan har bir inson ongining tako- millashuvida namoyon bo’ladi. Falsafiy tafakkur esa jamiyat taraqqiyotidagi ijtimoiy hodisalarni anglash va ama- liy vazifalarni hal qilishning muhim vositasidir. Abdulhay Valiev