Isfijob
Isfijob — o’rta asrdagi Isfi- job hokimligining Markaziy shahri. Aris daryosi vodiysi (Qozog’iston)da joylashgan. Ko’pgina tadqiqotchilar uni Chimkentdan 12 km Sharqda, say- RAM st-yasining o’rnida bo’lgan deb hisoblaydilar. Shaharning qachon Vu- judga kelgani noma’lum. Sharq geograf- larining ma’lumotlariga qaraganda, maydoni Binkatssh 3 marta kichik bo’lib, I.ning arki 10-a.dayoq vayrona holatda bo’lgan; faqat Shahriston va rabod saqlangan. Rabod devorining aylanma uz. 1 farsax (6-7 km)ni tashkil qilgan. Shaxristonning 4 darvozasi: Nujkat, Farxon, Shakron va Buxoro bo’lgan. Unda, shuningdek, saroy, qamoqxona, jome mas- jidi va bozorlar joylashgan. 840 y.da I. viloyati somoniylarpyan Nuh ibn Asad qo’l ostiga o’tgan. Viloyatni ko’chmanchilar hujumidan muhofaza etish maqsadida Nuh ibn Asad I. atro-fini devor b-n o’rattirgan. I. Buyuk ipak yo’li ustida bo’lib, bu erda bo’z, qurol, metall, qul savdosi olib borilgan. 1700 ga yaqin mustahkam qo’rg’on (rabot)i bo’lgan. 10-a. oxirlarida qoraxoniylarga, 13-a. boshi- da Muhammad Xorazmshohga, 1219 y.dan mo’g’ullarga bo’ysungan; shaharning yangi nomi — Sayram dastlab shu davrdan (1221 y.) tilga olinadi. Ad.: Bartold V. V., Turkestan v EPO- Xu mongolskogo nashestviya, soch., t. I, M., 1963; Betger E. K., Izvlechenie iz knigi «Puti i strani Abul Kasima ibn xau- Kalya, Trudi Sr. Az. gos. un-ti, VIP. 3, T., 1957; Ivanov P. P., Sayram. Ist-arxeol. ocherk, «Al-Iskan-Dariya». SB. v chest A. E. Shmidta, T., 1923.