Ikromjonov Akmaljon To’raevich
Ikromjonov Akmaljon To’raevich (1952.20.4, Toshkent) — rang- tasvir ustasi, O’zbekiston ba akad. (1997), O’zbekiston xalq rassomi (1998). Respublika rassomlik bilim yurtini tu-gatgan (1971), I. Repin nomidagi ras- somlik, haykaltaroshlik va me’morlik intida ta’lim olgan (1971-77). M. Uyg’ur nomidagi san’at in-ti (hoz. Mil- liy rassomlik va dizayn in-ti) da peda- Gog (1977-82); 1990 y.dan prof. I.ning dastlabki asarlarida mahobatlilik, ulug’vorlik ko’zga tashlanadi; 80-y.lar- ning 2-yarmidan rassom vatandoshlari qiyofasi va ruhiy dunyosini, tabiat va uning sahovatini, tarixiy shaxslar, ij- timoiy mavzularni milliy yorqin, o’ziga xos tarzda uyg’un ranglarda, umumlash- ma, ramziy cheksiz makonda tasvirlaydi: «Rassom Bahodir Jalolov» (1976), «Chin- giz Ahmarov portreti» (1980), «Surxon- Daryo zamini» (1985), «Rahimbobo», «bo- domxon aya portreti» (1986), «Alisher Navoiy», «Kamoliddin Behzod» (1988), «Bobirga bagishlov» (1990), «Mirzo Ulug’bek portreti» (1994), «mevali na- tyurmort», «qumg’onli natyurmort» (1996) va b. «Moviy qo’shiq», «Bahor», «tog’dagi soy», «na’matak guli» (1998-2002) manzaralari Toshkentdagi Oqsaroyni bezab turibdi. «Zamin navolari» trip- tixi (1988), «chaqmoq» (1989), «Orol — mening dardim» (1989-90) asarlari uchun Hamza nomidagi O’zbekiston dav- lat mukofotiga sazovor bo’lgan (1990). I. haqida «Akmal» telefilmi yaratil- gan («O’zbektelefilm», 1999). I. asar- lari b-n respublika va chet mamlakatlar ko’rgazmalarida qatnashadi. Asarlari ay- Rim respublika va xorijiy muzeylarda, shaxsiy to’plamlarda saqlanadi.