ISHLAB CHIQARISHNI IXTISOSLASHTIRISH

ISHLAB CHIQARISHNI IXTISOSLASHTIRISH — korxona, kom- paniya yoki ularning biror tarkibiy qismining asosiy faoliyatini tor do- iradagi mahsulot, tovarlar va xizmatlar i.ch.ga yo’naltirish. Ma’lum mahsulot ishlab chiqaradigan xo’jalik sohalari va korxonalarning shakllanishida o’z ifo- dasini topadi. Tarixiy taraqqiyot davo- mida sanoat, q.x., qurilish va b. sohalarda ixtisoslashish paydo bo’ldi. O’z navbati- da, bulardan yana yangi IX-tisoslashgan sohalar ajralib chiqmoqda. Sanoatda ixtisoslashuv tayyor mahsulot, detal va qismlar, texnologiya bo’yicha bo’lishi mumkin. Mashinasozlikda qismlar (de- tallar) bo’yicha ixtisoslashuv avtomo- bilsozlik, transportsozlik va aviasiya sanoatida ko’p uchraydi. Natijada yig’ish korxonalari — kooperasiya asosida mahsulot ishlab chiqaradigan korxona- lar kengayib boradi. Ixtisoslashgan sohalar va korxonalar bir xil mahsulot ishlab chiqaradi, ularning o’ziga xos tex- nologiya jarayoni va ixtisoslashgan kad- rlari bo’ladi. Ixtisoslashtirish jara- yonining taraqqiyoti ijtimoiy i.ch. ning o’sishi, ishlab chikaruvchi kuchlarning ri- vojlanishi b-n belgilanadi. O’z navbati- da ixtisoslashtirish ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishiga yordam bera- Di. I.ch.i. korxonalar ishini samarali tashkil etish hisoblanib, binolardan, asbob-uskunalardan, materiallardan bekam-ko’st foydalanishda, fan va tex- Nikaning eng yangi yutuklarini joriy etishda, takomillashgan maxsus mashina va asboblarni qo’llashda, mehnat unum- dorligini oshirishda, mahsulot i.ch. xa- rajatlarini tejashda katta sa-Mara be- radi. I.ch.i. ning samaradorligi korxo- Nani ixtisoslashtirish tufayli yillik mahsulot i.ch. hajmiga ketgan xarajat- larni ixtisoslashtirishdan oldingi i.ch. hajmi xarajatlariga taqqoslash yo’li b-n aniqlanadi. O’zbekistonda «Toshkent traktor zavo- Di», «Toshkent aviasiya ishlab chiqarish birlashmasi» aktsiyadorlik ja-miyatlari, Asaka avtomobil zavodi (unga ehtiyot qismlar etkazib beruvchi qator qo’shma korxonalar) va b. ixti-soslashtirilgan korxonalar hisoblanadi. Sadir Salimov.