Ixara, Ibara Saykaku

Ixara, Ibara Saykaku (taxallus- lari; asl ismsharifi Xirayama Togo) (1642-1693) — yapon yozuvchisi. Yapon she’riyatiga xos renga hajviy janri- da yozilgan she’riy to’plamlari e’lon qilingan. «Yolg’iz erkakning ishqiy sar- guzashtlari» (1682) kitobi mashhur. «Yolg’iz ayolning ishqiy sarguzashtlari» (1686) nomli roman ham I. kalamiga mansub. Bundan tashqari, «ishqqa mub- talo bo’lgan besh ayol» (1686) qis-Salar to’plami, «Saykakuning barcha viloyat- lardan to’plagan hikoyalari» (1685) va b. kitoblarida ishq-muhabbat mav-zusi qalamga olingan. I. umrining oxir- larida shaharliklarni odob-axloqqa chorlovchi, aslzodalar hayotiga taqlid qilmaslikni targ’ib etuvchi nasihat tarzida asarlar yaratgan («Ey-taygura», 1688 va b.). I. yapon yozuvchilari orasida birinchilardan bo’lib, zamonaviy shahar hayotini haqqoniy tasvirlab bergan. U uchinchi tabaqaga mansub aholining haqhuquklarini himoya qiladi, tenglik g’oyasini ulug’laydi. I.ni yaponlarning Bokachchosi deb ataydilar. U milliy ada- biyotni nafaqat yangi mazmun b-n, balki uslubiy jihatdan ham yanada boyitdi.