ISFAHON MINIATYURA MAKTABI

ISFAHON MINIATYURA MAKTABI— 16— 17-a.lar chegarasida Isfahon (Eron)da Safaviy shoh Abbos 1 saroyida shakllangan miniatyura makta- bi. Mahalliy badiiy maktab xususiyat- larini o’zlashtirgan I. m. m. ayni vaqtda o’z asrining yangi badiiy g’oyalarini ifodalagan. Yangi ifoda vositalari va mazmun (syujetlar) izlash natijasi- da an’anaviy miniatyuraga yangi ruh, yo’nalish bag’ishlagan, kitob illyust-ra-tsiyasi doirasidan chiqib, muraqqa (al- bom)larda, alohida varaqlarda rasmlar ishlana boshlagan. Musavvirni inson- ning ruhiy olami qiziqtira boshlashi manzaralar b-n boyitilgan portretlar, chiziklariga e’tibor qara-tilgan rasm- larni yaratishga olib kelgan. 17-a.ning yirik musavvirlaridan Rizo Abbosiy («Cho’pon», 1634, Sankt-Peterburgda) I. m. m. uslubini yaratuvchilaridan bo’ldi. U Eron miniatyuralaridagi rangdor bo’yoqlardan voz kechib, yangi tasvir vosi- talari (chiziqlar, shakllar)ga murojaat etgan, na-tijada rasm birinchi o’ringa o’tib, rang bir oz engil tus sifatida- gina qo’llanilgan. Keyinchalik I. m. m. (Muhammad Qosim, afzal ulhusayniy, Muhammad Yusuf va b. ijodi)da shakllar yirik, hayotiy lavxalar va manzara yanada Real ifodalangan, kiyimlar bezagi va zamin tasvirida zarhaldan keng foyda- lanilgan, yangi mazmun b-n boy-itilgan asarlar yaratish xarakterli bo’lgan. 17- a. 70-y.laridan Evropa rangtasvirining ta’siri kuchaygan. Muhammad Zamon, Ali Qulibek Jabbor va b. asarlarida nursoyaning ayrim xususi-yatlari kuza- tiladi, xristian mifologiyasi mavzui ko’plab uchraydi. 18-a. boshlariga kelib I. m. m.da «evropalashtirish»dan iborat yo’nalish etakchi o’rin egallagan.