Ikromov Usmon
Ikromov Usmon (1875—tosh- kent— 1960) — ganchkor usta; usta M. Usmonovning otasi. Ganch o’ymakorligini usta Rasulhoji b-n birga ishlab o’rgangan. I. ozgina naqsh bo’laklarini maho-rat b-n qo’llab, murakkab, rang-barang jo- zibali mujassamotlar yaratgan; ishlari- da choka va lo’la pardozni ko’p qo’llagan, Guldastali US-tun, ravoklarni islimiy ruta, 5, 6, 8 j raxli girixlar b-n bezab, ganch o’ymakorligi ishlarini bajargan. Dastlab » xususiy binolarni bezagan. Hamza teatri (1929, qoz. Abror Hidoyatov nomidagi teatr), Toshkent viloyati ijro- iya qo’mitasi (1939, hoz. Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi), hoz. Muqimiy teatri (1943-44), Navoiy teatri (1945-46) bino- larini bezashda qatnashgan. Usta Shirin Murodov, T. Arslonqulov, A. Boltaev, Sh. G’afurov va b. b-n birgalikda Polovtsev uyi (hoz. Amaliy san’-at muzeyi, 1941) ni ta’mirlashda ishtirok etgan. I. ish- laridan namunalar O’zbekiston san’at muzeyida saqlanadi.