IKKI PALLALI O’SIMLIKLAR

IKKI PALLALI O’SIMLIKLAR, ikki urug’pallalilar (Dicoty-ledones) — yopiq urug’li (gulli) o’simliklar sinfi. Ular ikki urug’pallali murtak- ka ega (nomi shundan). Barglarining to’rsimon tomirlanishi, poya va ildiz- larida alohida to’qima-kambiy bo’lishi va ko’pincha, gullari 5 yoki 4 a’zoli tip- daligi b-n tavsiflanadi, kambiy poya va ildizlarning yo’g’on tor-tishini ta’min- laydi. Ular o’tlar, da-raxtlar, butalar- dan iborat. I.p.o’. gulli o’simliklarning 360-370 ta oila-siga mansub 175 mingdan ortiq turini o’z ichiga oladi. I.p.o’.ning hali xamma tomonidan qabul qilingan umumiy sistemasi yo’q, ular- ning kelib chiqishi va filogenetik bog’lanishi aniqlanmagan. I.p.o’. tuproq va iqlim sharoiti har xil bo’lgan juda ko’p joylardao’sadi. I.p.o’.ning katta-ki- chikligi, shakli, morfologik-anatomik tuzilishi, shuningdek, ko’payish organ- larining tuzilishi nihoyatda xilma-xil. I.p.o’. Er sharining hamma joyi- da uchraydi. I.p.o’. orasida kartoshka, no’xat, lavlagi, qovun, tarvuz, uzum, olma, g’o’za, kungaboqar kabi muhim xo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan o’simliklar bor.