Iloqiy Sharafutdin Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf

Iloqiy Sharafutdin Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf (?, Iloq — 1068) — o’rtaosiyolik tabib, Ibn Sinoning shogirdlaridan. Buxoroda ta’lim olgan. Tib va tib tarixiga oid «Kulliyoti tibbi Iloqiy» («Iloqiy ta- bobati haqidagi risolalar to’plami»), «Fusul Iloqiy Fi kulliyot tibb» («ta- bobat xaqidagi risolalar to’plamida Iloqiy boblari»), «muolajati Iloqiy» («Iloqiyning davo usullari»), «mux- tasari Iloqiy» («Iloqiy Muxtasari») kabi asarlar yozgan. «Kitob ul-asbob va- l-alomot» («sabablar va belgilar haqida kitob») asarida turli kasalliklarning kelib chiqishi, sabablari, belgilari, ularni aniqlash va davolash usulla- ri baei ztilgan. Buasarning qo’lyozmasi Bayrut va Iskandariya ku-tubxonalarida saqlanadi. I.ningasarlari o’z davrida tabiblar uchun muhim qo’llanma bo’lgan. Hind olimi Muhammad A’zamxon chash- tiy tabobatga oid «Iksiri A’zam» («A’- zam obi hayoti») asarini yozishda I. asar- laridan foydalangan.