Ilg’atu Malik, Ilatg’u Malik
Ilg’atu Malik, Ilatg’u Malik (13-a.) — Xorazmshohlar davla- tinnnt harbiy arboblaridan biri. Muhammad Xorazmshohning Banokat- syagsh noibi. Mo’g’ullar istilosi ara- fasida Muqammad Xorazmshoq Jand va Yorkend noibi Amir buji Pahlavon Qutlug’xonni 10 ming otliq askar b-n I. m. ka yordamga junatgan. Banokat gar- nizoni, asosan, ang’lilardan tashkil topgan bo’lib ularga I. m. qo’mondonlik qilgan. Chingizxon O’trorga kelib, Bano- katni egallash uchun Alaq no’yon, saq-tu va Buqa boshchiligida 5000 kishilik qo’shin jo’natgan. Bular tevarakatrofdan ularga qo’shilgan qo’shinlar b-n Banokatni qamal qilganlar (1220). I. m. rahbarlik qilgan shahar mudofaachilari 3 kun mobaynida mo’g’ullar b-n qahramonona jang kidali. Biroq kuchlar teng bo’lmagani bo-isidan qamalning to’rtinchi kuni Banokat tas- lim bo’lgan. Mo’g’ullar shahar aholisini shahardan tashqariga olib chiqib, ular- ni jangchilar, hunarman-dlar va oddiy fuqarolarga ajratgan. So’ngra jangchi- larni qilich b-n cho-pib, kamon b-n otib o’ldirganlar, qolgan xalqni minglik, yuzlik, o’nliklarga ajratgan. Yoshlar- ni hashar sifatida olib Xo’jand tomon yurish qilishgan.