Induktsiya
Induktsiya (lot.inductio — to’g’rilash, tartibga keltirish) (mantiq- da) — ayrim fikrlardan umumiy Xu- losalar chiqarishda va mantiqiy tad- qiqotlarga qo’llaniladigan muhokama usuli. Xususiylikni o’rganib, umumiy- lik bilib olinadi. Umumiylik predmet va hodisalar b-n uzviy aloqada bo’ladi. Umumiylikning eng muhim tomonlari- dan biri induktiv xulosa chi-karishdir. I. ni o’rganish fanda kadimdan, hind, yunon mantiqshunosligida, Lao-szi MAK- tabida boshlangan. I. masalalari ari- Stotel, Abu Ali ibn Sino asarlarida uchraydi. 17— 18-a. larda empirik ta- biatshunoslik yuzaga kelgach, olimlar bu masalaga alohida e’tibor berdilar. I. ni rivojlantirishga F. Bekon, G. Gali- Ley, I. Nyuton, J. Mill kabi olimlar katta hissa qo’shdilar. I. bilimlarning tashkil topishida, qonuniyatlarni ochish- da, tushunchalarni maydonga chiqarish ja- rayonida, gipotezani olg’a surishda fan uchun muhim aqamiyatga ega. I. to’liq, to’liq bo’lmagan va ilmiy Xu- losa chiqarishga bo’linadi. To’liq induk- TIV xulosa chiqarish biror narsani sin- chiklab o’rganish va tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. To’liq I. doimo to’liq bo’lmagan I. b-n bog’liq. To’liq bo’lmagan I. da aniq faktlar asosida noaniq fak- tlar keltirib chiqariladi va natijada ong boyitiladi. I. ning oliy shakli ilmiy I. dir. Ilmiy I. asosida narsa- larning sababiy bog’lanishini tekshi- rish uslubi yotadi. Mas, o’simliklarning ayrim ko’rinishlarini o’rganish asosida biz suv ular uchun asosiy hayot manbai, degan xulosaga ke-lamiz, chunki xamma o’simliklarga namlik kerak. Har qanday induktiv xulosa chiqarish asosini borliq, narsa tashkil qiladi. Bu uslub dunyoni ilmiy bilishda muhim rol o’ynaydi. Shuning uchun ob’ektiv haqiqatni bilishda I. doim deduktsiya b-n mustahkam aloqada bo’ladi.