Inersiya

Inersiya (lot. inertia — harakatsizlik), inertlik — moddiy jismning xossalaridan biri. Shu xos- sasi tufayli jism tinch holatini yoki to’g’ri chiziqli tekis qarakatini saklay oladi. I. tufayli jism tashki kuch ta’- sirida tezligini birdaniga o’zgartira olmaydi. I. jismning massasiga bo- Glik, shu sababli jism massasi uning I. o’lchovi deyiladi (q. Nyutonning mexanika qonunlari). I. atamasi tur- li asboblarga nisbatan ham qo’llanadi, mas, o’lchov asboblarining kechikib qayd qilishiga sabab I. dir. Inersiya bosh o’qlari. Markazdan qochma I. momentlari nolga teng bo’lgan o’qlar I. bosh o’qlari deyiladi. Fazoda- gi har bir nuktadan jism uchun uchta I. bosh o’qi o’tkazish mumkin. Agar I. bosh o’qlari massa markazidan o’tsa, bu o’qlar Markaziy bosh o’qlar deyiladi. Aylana- yotgan jism o’z aylanish o’qiga dinamik bosim ko’rsat-masligi uchun shu aylanish o’qi I. Markaziy bosh o’qi bo’lishi zarur. Inersiya kuchi. Harakatdagi mod- diy nuqta tezlanishiga qaramaqarshi yo’nalgan va shu moddiy nukta massasi b-n tezlanishining ko’paytmasi (G’ = — Tyu) I. kuchi deyiladi. Bu erda tezlanish inersial koordinatalar sistemasiga nisbatan olingan. Mas, matematik ma- yatnikda markazdan krchma I. kuchi mod- diy nuqta harakatini cheklovchi ipga qo’yilgan bo’lib, mv ga teng; bu erda v — moddiy nukta tezligi, g— mayatnikuzun- ligi. I. kuchi tushunchasidan foydalanib, dinamika tenglamalari tuziladi, stati- ka qonunlaridan dinamikada foydala- nish mumkin. Moddiy nuqtaning nisbiy harakati ko’rilayotganda ham I. kuchi tu- shunchasidan foydalaniladi. Inersiya markazi yoki massa markazi. Jismda yoki mexanik sistemada massa taqsimotini ifodalovchi nuqta koordi- natalari I. markazi deyiladi. I. Mar- kazi, ko’pincha, massa markazi ham dey- iladi. I. markazi mexanik sistema Di- namikasida katta rol o’ynaydi. Siste- maga tegishli moddiy nuqtalar harakat miqdorlarining geometrik yig’indisi sistema massasi b-n I. markazi tezli- gi ko’payt-masiga teng. I. massasi si- stema massasiga teng moddiy nuqtadek harakatlanadi. I. markaziga qo’yilgan kuch sifatida tashqi kuchlar bosh vektori olinadi. Inersiya radiusi —jismning biror o’qqa nisbatan hisoblangan I. momenti- ni jism massasiga bo’lgan kvadrat ildiz- dan chiqarishdan hosil bo’ladigan uzun- lik: r = J— . I. radiusi inersiya elkasi ham deyiladi. Massasi jism massasiga teng bo’lgan kovak tsilindr radiusini I. radiusi deyish mumkin. Shar markazidan o’tgan o’qqa nisbatan I. radiusi R = h0> 4L; R— shar radiusi.