IMMERSION SUYUQLIKLAR
IMMERSION SUYUQLIKLAR (lot. immersio — tushish) — kristall va amorf holdagi moddalarning sin- dirish ko’rsatkichi «p» ni aniqlashda qo’llaniladigan suyukliklar. Tahlil qilinayotgan modda (100-500 mkm li) zarralarini «p» ma’lum bo’lgan I. s. ga tushirib, mikroskop ostida tekshi- riladi. Taxlil qilinayotgan modda «p» b-n I. s. «p» teng bo’lgan taqdirda faza chegaralari ko’rinmaydi, «p»lar har xil bo’lganda ikki faza oraligida rangsiz tiniq chiziq ko’rinadi (Bekke chizig’i). «p» ma’lum bo’lgan IX. ning to’plamidan foydalanib qattiq moddalar «p»i aniqlanadi. «p»dan tashqari, I. s. yorda- mida optik o’klar oralig’idagi burchakni, optik o’klar sonini va ba’zi b. Kristal- looptik tavsiflarni aniqlash ham mum- kin.I. s. to’plami tarkibiga izoamil spirt, neftning engil haydaluvchi va ke- rosinning 220-240° da qaynovchi frak- tsiyalari, o – xlornaftalin, Di-yodmetan, oltingugurtning diyodmetandagi erit- masi va b. kiradi. Ba’zi I. s. bir necha suyukliklarni aralashtirib olinadi. Bunda oltingugurt, sulfidlar, glise- rin, suv va b. dan foydalaniladi.