Immun zardoblar
Immun zardoblar – biror anti- gen b-n immunlangan odam va hayvonlar qonidan olinadigan va tarkibida shu antigenga xos antitelolari bo’lgan zar- doblar. Immun zardob, odatda, sun’iy immunlangan hayvonlar (quyon, ot, den- giz cho’chqalari) qonidan (q. Immunlash) yoki ba’zi yuqumli kasalliklar b-n og’rib o’tgan kishilar qonidan olinadi. I. z. ning himoya va davo xususiyatlari ular tarkibida maxsus birikmalar — kasal- lik qo’zg’atuvchi omillarni topa olish (ularga nisbatan maxsus sezuvchanligi bor) va zararsizlantirish xususiyatiga ega bo’lgan antitelolar borligiga asos- langan (q. Immunitet). Yot oqsili bor har qanday agentning kirishiga javoban odam yoki hayvon organizmida antitelo- lar qosil bo’ladi va uning qon zardobi- da uzok, vaqt, ba’zan, umrbod saklanadi. Ba’zi yuqumli kasalliklar b-n og’rigan odamlarning bir umr ushbu kasallik b-n qayta kasallanmasliklarining boisi shunda. Diagnostika (serodiagnostika) va davo-profilaktika (seroprofilaktika, seroterapiya) maqsadida qo’llaniladigan I.z. mavjud. Organizmga I. z. yuboril- ganda passiv immenitet hosil bo’lib, u ma’lum muddat (2-4 hafta) saklanib turadi. Shuni nazarda tutib, infektsion kasallik (mas, qizamiq) b-n og’rigan be- morga yaqin yurgan kishilarni kasallik- dan saqlash maqsadida I. z. b-n emlanadi. I. z. bo’g’ma, qoqshol, botulizm va h. k. ni davolashda, shuningdek, ilon, ari, ba’- zi hasharotlar chaqqanda va b. hollarda qo’llaniladi. Zardob tarkibidagi anti- Teloning tabiatiga qarab antitoksik, an-tibakterial, antivirus va ilon zahariga qarshi I. z. farqlanadi. Ke-yingi yil- larda antileykositar zardoblarning kashf etilishi va ularni tibbiyot amali- yotida qo’llanilishi a’zo va to’qimalarni ko’chirib o’tkazishda donor va resipient- ni aniqlash, shuningdek, immunogeneti- ka masalalarini o’rganish imkonini ber- Di. I. z. yuborilgandan keyin ba’zan shok va zardob kasalligi ro’y berishi mumkin. Buning oldini olish uchun immun zardob- ni yuborishdan oldinroq (15-30 daqiqa, ba’zan 1-2 kun ilgari) uning ozroq mikdori yuborib ko’riladi.