Inbriding

Inbriding (ing. inbreeding, in -ichida va breeding — ko’paytirish), in- suxt — bir populyasiya doirasida yaqin qarindoshlar yoki umumiy ajdodga ega bo’lgan organizmlarni o’zaro chatish- tirish. Organizmda qarindoshlik da- rajasining ortib borishi b-n gomo-zi- gotali organizmlarning vujudga kelishi ehtimolligi ham orta boradi. I.ning eng yuqori darajasiga o’simliklarni o’z- o’zidan changlantirish, hayvonlarni qon bo’yicha yaqin yoki uzoqroq qarindoshlari b-n (ona x o’g’il), (qiz x ota), (buvi x na- bira) va h.k. shakllarda urug’lantirish (qochirish) orqali erishiladi (q. Gomo- zigo-talik). Mac, o’simliklarni o’z Chan- gi b-n majburiy (bir yillik, guli ikki jinsli o’simliklarda) va qarindosh in- dividlar changi b-n qaytadan (ayrim jin- sli, ikki pallali o’simliklarda) changla- nadi. I. natijasida inbrid (o’z-o’zidan changlangan) liniya (insuxt li-niya)lar olinadi. I. organizm belgi va xususi- yatlarining avlodlarda rivojlanish va barqarorlashuvining ortib borishiga (konstantlikka) olib keladi. Tabiatda o’z-o’zidan changlanuvchi o’simliklarda I. ko’pincha chetdan changlanish b-n Alma- shib keladi. O’z-o’zidan changlanish irsiy turg’unlikni, chetdan changlanish esa Gete- rozis va irsiy farqpanishni ta’minlay- Di. I.dan resessiv allellarni aniqlashda, organizmlarning ko’p allel- lari bo’yicha gomozigota (sof liniyalar) olishda, zot va navlardagi biror belgi- ni rivojlantiruvchi allellarni saqlab qolishda foydalaniladi. I.ni qo’llab ko’plab ekinlar navlari va hayvonlar zotlari yaratilgan.