Inonchxon, o’g’ul Hojib
Inonchxon, o’g’ul Hojib (asl ismi Badruddin o’g’ul Hojib (?-1223) — anushteginiylar — Xorazmshohlar amiri lashkarlaridan, Hojib (13-a.). Muhammad Xorazmshoh 1216 y. yozidagi Irg’iz Daryo’si bo’yidagi jangtsa ko’rsatgan qahramonligi evaziga Inonchxon unvoni- ni beradi. Jaloliddin Xorazm-shoh etib tayinlangandan so’ng O’rganchga kelgan- da I. qipchoq amirlarining unga qarshi uyushtirayotgan suiqasddan o’z vaqtida ogohlantirgan. 1219 y. I. Amir ixtiyo- ruddin kushlu b-n birgalikda Buxoro mu- dofaasiga raxbarlik qiladi. Mo’g’ullar Buxoroni istilo qilganlaridan so’ng I. NASA (Niso) viloyatiga keladi. Bu erda Muqammad Xorazmshohningto’zib ketgan askarlarini to’plashga erishadi, qurol-yarog’, otlar, ki-YIM-kechak, oziq- ovqat g’amlab, kurashni davom ettira- Di. Nashjuvon otlogi yaqinida mo’g’ul bosqinchilarini tor-mor keltiradi. So’ngra I. Obivard tomon yurish qilgan. Bu erda unga Muhammad Xorazmshohning yana anchagina jangchilari va amirlari kelib qo’shilgan. 1221 y. I. Sabzavorni uz tasarru-figa kiritadi. Hurosonning katta qis-miga hukmronlik qilishga muvaffaq bo’lgan I. 1223 y.da al-xalqa mavzeida mo’gullar (10 ming kishi) b-n yana jang qiladi, lekin bu muhorabada I. engiladi. Rey sh.da turgan G’iyosudsin Pir-shoh (Muhammad Xorazmshohning o’g’li) saroyidan panoh topadi va bir necha kundan so’ng zaharlab o’ldiriladi.