Gangrena
Gangrena (Yun. gangraina — irish), qorason — tirik tana, a’zo yoki to’qimalar bir qismining irib nobud bo’lishi, ne- kroznnsh bir turi. Barcha to’qima va a’- zolarda (teri, teri osti yog’qatlami, mu- skullar, ichak, o’t pufagi, o’pka), ko’pincha qo’l-oyoq va qorin bo’shlig’idagi a’zolarda uchraydi. G. asosan qon tomirlari kam bo’lgan soha va a’zolar (mas, barmoqlar, qo’l-oyoq panjasi, quloq chig’anog’i)da tez rivojlanadi. To’qima va a’zolarning ezi- lishi, sovuqurishi, kuyishi, ularga qon kelmay qolishi, qon tomirlariga tromb, embol (q. Tromboz, emboliya) tiqilib qolishi (tomirlar jarohatlanishi yoki aterosklerozda torayishi va b.), tur- li mexanik, kimyoviy (kislota, ishqor ta’siri) va fizik omillar (50° dan yuqori yoki 20° dan past t-ra, alfa yo be- ta-nurlar) g.ga sabab bo’lishi mumkin. Yurak-tomir faoliyatining, moddalar al mashinu VIning buzi lishi, avitami- nozlar, chekish. spirtli ichimliklarga ruju qilish va b. ham g.ga olib kelishi mumkin. Quruq, ho’l va gazli g. (q. Gazli gangrena) farq qilinadi. Halok bo’lgan to’qimaga qon kam kelishi va shu joyda- gi to’qima suyuqligining bug’lanishi sa- babli to’qima namligi tez kamayganda quruq g. vujudga keladi; venalar ishlab turgani holda arteriya berkllib qolib, irigan to’qima quriydi, qotadi, burisha- Di. Irigan to’qima qurib qolguncha chiri- tuvchi mikroblar tushsa, quruq g. ho’l g. ga aylanadi. To’qima suyuqligi ko’p bo’lib, irish jarayoni sekin-asta avj olganda ham ho’l g. ro’y beradi. U ko’pincha ichki a’zolar (o’pka, ichak)da paydo bo’ladi. Qo’l-oyoq uchidagi irigan to’qimaning qurishiga tashqi sharoit imkon ber- maganda ham ho’l g. kuzatiladi. Bunda rangsiz-ko’kimtir terida qizg’ish va qoramtir venalar ko’rinadi, har joy-har joyda epidermis ko’chib, o’rni pilchirab turadi. Ho’l G. o’z vaqtida davolanmasa, to’qima tobora irib, turli noxushliklar- ga olib keladi. Davo asosan g. xavfini tug’diruvchi kasallikni davolashdan ibo- rat; turli dori-darmonlar, antibioti- klar va jarrohlik usuli qo’llaniladi. G.ning oldini olish uchun kasallik- ka xos ilk alomatlar paydo bo’lganda darhol vrachga murojaat etish lozim. Hayvonlarda G. ko’proq o’pka, ichak-qorin, teri, elin, barmoq, quloq chig’anog’i va dumda uchraydi. Terining G. bo’lgan qismi qurib qotadi, jigarrang va qora tus- ga kiradi. Kasallik og’ir o’tganda, teri ko’karib qorayadi, shishadi, to’qimalar yumshab, iriy boshlaydi, qon aralash iflos suyuqlik oqadi, gavda harorati ko’tariladi, yurak faoliyati buziladi, na- fas olish qiyinlashadi, ishtaha yo’qoladi. Davosi: quruq g.da pioktaninning spirt- dagi 2-3% li eritmasi, gentsi-anviolet, dermatol, vismut, kseroform, oq Strep- tosid ishlatiladi. Ho’l G.da esa nekroz- ning tarqalib ketishiga yo’l qo’ymaslik va irigan to’qimalarni tezda ajratib olish maqsadida quruq havo vannalari, sollyuks, novokain blokadasi va b.dan foydalaniladi.