Islandlar

Islandlar — xalq. Islandi- yaning asosiy aholisi. 255 ming kishi (1990-y.lar o’rtalari). Shuningdek, Ka- nadada (30 ming kishi), AQShda (5 ming kishi) va Evropa mamlakatlarida xam yashaydilar. Evropeoid irqiga mansub. Island tilipe. gaplashadilar. Dindor- lari — lyuteranlar. I.ning etnogenezi va etnik tarixi yaxshi o’rganilgan: «er egallanganligi haqida kitob» (12-13-a.lar)da islan- diyaga dastlabki (9-10-a.larda) kelgan 400 kishining (asosan, norveglar) nom- lari keltirilgan. Skandinav-kelt kom- ponenti I.ning boshlang’ich etnik asosi bo’lgan. 930 y.da birinchi umumisland xalq Majlisi — alting chaqirilgan. 1000 y.dagi altingda ixtiyoriy ra- vishda xristian dini qabul qilingan. 13-17-a.larda I. elatbo’lib, 19-a. oxi- rida esa millat bo’lib shakllangan. An’anaviy mashg’ulotlari — qo’ychilik va yilqichilik, shuningdek, baliqchilik, hunarmandchilik ham qad. tarixga ega.