Introskopiya
Introskopiya (lot. intro — ichida va …skopil) — optik jihatdan no-shaffof jismlar va muhitlardagi, shuningdek, ko’rinmaydigan sharoit- dagi hodisalar va jarayonlarni Vizu- al (ko’rib) kuzatish. Gamma-rentgen I., infraqizil I., ultratovush I., radio- introskopiya kabi xillarga bo’linadi. Gamma-rentgen I.dahar qan-Day kimyoviy tarkibdagi va t-radagi suyuq va qattiq jismlardan o’tadigan gamma va rentgen nurlaridan foydalaniladi. Bunday I. yordamida noshaf-FOF materiallarda- gi juda mayda zarralarni ham tekshi- rish mumkin. Infraqizil I. moddalar- ning infraqizil nurlarni yutishi va qaytarishi xossasiga asoslangan. Ko’zga ko’rinmas infraqizil tasvirlar optik vositalar yordamida ko’rinadigan tas- virlarga aylantiriladi. Ultratovush I. ultratovushning metall, plastmassa, tirik to’qima, qurilish materiallari va optik jihatdan noshaffof suyuqlik orqali o’tishiga asoslangan. Radioin- troskopiya da uzunligi mm ulushidan bir necha m gacha bo’lgan elektromagnit to’lqinlardan foydalaniladi. Radio- introskopiya tog’jinslari va muzliklar ichini «ko’rishga», er sirti radionurla- ri, budut qoplami xarita-sini tuzishga imkon beradi. Magnit yoki elektr may- donlarining tarqali-shini bevosita ku- zatish usuli magnit-optika hodisalariga asoslanadi. I.ning sanoat mahsulotlari va ma-teriallarni buzmasdan tekshirish uchun mo’ljallangan ba’zi usullari va vosi-talari defektoskopiya usullari va vo-sitalariga o’xshaydi. I. buyumlar, muhitlar, jismlar xossalarining be- rilgan ko’rsatkichlardan farq qilish- qilmasligini aniqlashga, ob’ektlarni suv ostida, tuman paytlarida, tog’jin- slari ichida tekshirishga imkon beradi.