IPAK QURTI TUXUMI INKUBASIYASI

IPAK QURTI TUXUMI INKUBASIYASI — inkubatoriya (maxsus uskunalangan xona yoki maxsus shkaflar) da tut ipak kurti tuxumini ochirish. In-kubatoriyada qurt tuxumining em- Brioni rivojlanishi uchun barcha zarur sharoit yaratilgan bo’ladi. Odatda, bir inkubatoriyda 100-120 quti tuxum ochi- rish mumkin. Pekin qoidaga ko’ra har bir inkubatoriyda ochiriladigan tuxum mikdori 50-60 qutidan oshmasligi ke- rak. Monovoltin (bir yilda bir marta nasl beradigan) zotlar va duragaylar- ning tuxumlari doimiy harorat sharo- ITIda va haroratni asta-sekin oshirib borish usullarida ochiriladi. Doimiy harorat usulida pilla o’rovchi zot va du- ragay Kurtlar tuxumi inkubasiyasi uchun: havo harorati 2— 3-kunlarda 13-14°; 3-4-kunlari 24° gacha bo’lib, dastlab- ki qurtlar (xabarchilar) paydo bo’lganda 25° gacha oshiriladi. Havo namligi butun inkubasiya davrida 75-80% da saklana- Di. Xona har 2-3 soatda (10-15 minut- dan) shamollatib turiladi. Haroratni asta-sekin oshirib borish bahor salqin kelganda, harorat ko’tarilib-pasayib turganda, tut barglari sovukdan zarar- langanda qo’llaniladi. Bu usulda tuxum ochirishga qo’yilgan kundan boshlab haro- rat 12-14° dan kun sayin 1-2 darajaga ko’tarib boriladi. Inkubasiya qurt zotiga qarab, 11 — 18 kun davom etadi. Tuxumlar jonlanish ol- didan rangi oqara boshlaydi. Shu vaqtda quti va ramkalar ustiga mayda teshikli qog’ozlar qo’yilib, mayda qirqilgan tut barglari sochiladi.