INFRAXROMATIK MATERIALLAR

INFRAXROMATIK MATERIALLAR (lot. infra — pastroq, ostida va Yun. chroma — rang, Tue) — faqat ko’zga ko’rinadigan yorug’lik nurlarini emas, infraqizil nurlarni ham sezadigan fotografik materiallar (plastinka va plyonkalar). Tarkibida Kumushning ga- loidli birikmasi bo’lgan fotografik emulsiyalar spektrning ko’k-binafsha sohasini yaxshi sezadi, sariq, yashil, ki- zil va infraqizil nurlarni esa deyarli sezmaydi. Ularni bu nurlarga sezgir qilish uchun foto-emulsiyaga maxsus bo’yoq — sensibilizatorlar qo’shiladi. Bir vaqtning o’zida qizil va infraqizil nurlarga sezgir qilingan (sensibillan- gan) materiallar panifraxromatik ma- te-riallar deb ataladi. I. m. tibbiyotda, astronomiyada, ko’zga ko’rinmaydigan nar- salarni suratga olish va b. maqsadlarda qo’llanadi.