Ion radiuslar
Ion radiuslar — ion Kristal- larda yadrolararo masofalarni taxm. aniqlash uchun qo’llaniladigan ionlar- ning shartli tavsiflari. Elementlar I. r. ning qiymati ularning Mendeleev davriy sistemasida joylashgan o’rniga bog’liq. Ulardan kristallar kimyosida turli birikmalar kristallarining tu- zilish qonuniyatlarini aniqlash uchun, geokimyoviy jarayonlarda ionlarning almashinuv hodisalarini o’rganish uchun keng foydalaniladi. I. r. qiymatining bir-biridan farqlanadigan bir ne- chta tizimi mavjud, ammo bu qiymatlar taxm. yaqin. Ilk bor I. r. 20-a. ning 20-y.larida Norvegiya olimi V. M. Gol- Shmidt tomonidan aniqlangan bo’lib, u ftor va kislorod ionlarining (0,133 va 0,132 nm) ref-raktometrda o’lchangan qiymatlariga, amerikalik L. Poling ti- zimi kislorod ioni radiusining qabul qilingan qiymati (0,140 nm)ga asoslan- gan, rus olimlari N. V. Belov va g. B. Boki ylarning keng tarqalgan tizimiga ko’ra, bu ion radiusi qiymati 0,136 nm, K. Shennon tizimida 0,12 nm ga teng deb qabul qilingan.