Giyohvandlik, narkomaniya, bangilik

Giyohvandlik, narkomaniya, bangilik —narkotik moddalarga o’rganib qolish, ruju qilish, aniqrog’i tabiiy yoki sintetik zaharli moddalar (ayrim dori moddalari)ni vaqtincha yoki Su- runkasiga iste’mol qilish natijasi- da kelib chiqadigan kasallik holati. G. organizm somatik va ruhiy holatining chuqur o’zgarishiga sabab bo’ladi va giyohvandni tanazzulga olib boradi. G.da o’zini to’xtatib bo’lmaydigan darajada giyohvand moddalarni iste’mol qilish mayli paydo bo’ladi, giyohvand modda- ning miqdoriga nisbatan ehtiyoj, ruhiy va jismoniy bog’liqlik ortib boradi. G. asta-sekin boshlanib, surunkali da- vom etadi. Giyohvand moddalar dastlab xushnudlik, dimog’chog’lik (q. Eyforiya), xotirjamlik hissini uyg’otib, kayf qildiradi, keyin bora-bora bu kasal- likka aylanadi. G. 2 zaylda avj olishi mumkin. Birinchi holda vrach buyurgan va bemorning ruhi hamda kayfiyatini oshirish xususiyatiga ega bo’lgan dori- larni uzoq vaqt va noto’g’ri qabul qilish; og’riq, uyqusizlik va b. dardlardan qutilish maqsadida dori miqdori (do- zasi)ni oshirib borish; darddan tuza- lib doriga unchalik ehtiyoj bo’lmasa ham, uni qabul qilaverish natijasida dorining narkotik ta’siri va miqdori orta borib, pirovardida giyohvand moddaga moyillik kuchayib, u Humor qiladigan bo’lib qoladi. Ikkinchi hol ongli ravishda kayf qilish maqsadida giyohvand moddalarga o’rganishdir. G.ka, odatda, irodasi kuchsiz, o’zini tiya olmaydigan, o’tkir sezgilarni o’zida si- nab ko’rishga qiziquvchan, ruhan zaif va o’ta xudbin kishilar beriluvchan bo’ladi. Yoshlar tarbiyasidagi nuqson va kamchi- liklar, giyohvand moddalarni iste’mol qilib yuruvchi katta yoshdagilarga ta- KLID va havas, oiladagi noxush sharoit (ota-onaning ichkilikboz yoki giyohvand bo’lishi) hamda giyohvand moddalarning oson topilishi yoki qo’l ostida bo’lishi ham g.ka sabab bo’lishi mumkin. G.ka mub- talo bo’lganlarda xastalik borgan sari kuchaya borib, odatda, kutilmagan yomon oqibatlarga olib keladi. G. eyforiyasi- da, ya’ni kayfi chog’likda 2 bosqich ku- zatiladi: qisqa muddatli —1-5 daqiqa davom etadigan o’tkir hissiyotli bosqich (haqiqiy eyforiya) va uzoq (1-3 soat) cho’ziladigan bo’shashish, tinchlanish dav- ri. Bu bosqichlarning qisqa yoki uzoq bo’lishi qanday giyohvand modda qabul qilinganiga va miqdoriga bog’liq. G.ning hamma turi ham o’z rivojida giyohvand moddalarga o’rganib qolish yo’li b-n g. sindromining shakllanishiga olib kela- Di. Bu sindromning rivojlanishida ham 3 bosqich farqlanadi: 1) giyohvand modda- ga nisbatan organizm reaktivligining o’zgarishi va ruhiy bog’lanishning paydo bo’lishi; 2) xumor (abstinent) sindromi ko’rinishida jismoniy bog’lanishning yuzaga kelishi; 3) organizm barcha siste- malarining zaiflashishi (tolerantlik- ning pasayishi, ya’ni giyohvand moddalar- ning avvalgi miqdorini ko’tara olmas- lik, xumorning surunkali davom etishi va ayrim hollarda polinarkomaniya ning vujudga kelishi). G.ka mubtalo bo’lgan kishi giyohvand moddalarni qayta-qayta va ko’proq miqdorda iste’mol kila bosh- laydi. Keyinchalik esa giyohvand mod- dalarsiz turolmaydigan bo’lib qoladi. Bunday ahvoldan qutilish va o’zini bir oz engil his qilish uchun yana giyohvand moddaga ruju qiladi va oxir-oqibat giyohvand moddalarga hirs qo’yish kelib chiqadi. Organizmning dastlabki himoya reflekslari (ko’ngil aynishi, qusish) yo’qoladi. Bu davrda organizmda giyohvand moddalarga nisbatan moyillik shu dara- jada kuchayib ketadiki, go’yo bu modda- lar avvalgi ta’sir kuchini yo’qotgandek bo’lib qoladi, endi avvalgidek eyforiya (kayf) holatini his qilish, xumorni tarqatish uchun o’sha moddadan ko’proq miqdorda qabul qilgisi keladi. Oldi- niga giyohvand modda birmuncha yoqimsiz ta’sir ko’rsatgan bo’lsa, keyinchalik go’yoki uning holatini «normallashtir- Ganga» o’xshaydi, bemor o’zini birmuncha yaxshi his qiladi, ish qobiliyati, ruhi go’yo tetiklashadi, pirovardida u haqiqiy giyohvand bo’lib qoladi. Giyohvandlarda avval ruhiy o’zgarishlar (tajanglik, kayfiyat buzuqligi, xotira pasayishi) paydo bo’lgan bo’lsa, keyinchalik jismo- niy o’zgarishlar —jismoniy bog’lanib qolish sindromi (terlash, yurak urishi, og’iz qurishi, ozib ketish, qo’l-oyoqning titrashi va b.) ro’y beradi. Agar giyohvand o’z vaqtida narkotik moddani qabul qilmasa, organizmda kuchli ruhiy va jis- Moniy o’zgarishlar, ya’ni giyohvandlikka xos og’ir holat — xumorlik (q. Absti- nentsiya) sindromi paydo bo’ladi. G. OPI- omaniya (afyun qabul qilish), morfinizm, geroinizm ko’rinishida bo’ladi. G.ning nashavandlik, kokainizm, Nikotinizm (tamakiga ruju qilish), teizm (achchiq choy ichish) va b. turlari ham uchraydi. Ikki yoki undan ortiq xil giyohvand moddani Su- runkali qabul qilish —Pol i narkomaniya deyiladi. G.ning hamma turida ham orga- nizm zaharlanadi va u juda og’ir kechadi. Er yuzining turli mintaqalarida g.ning ayrim turlari kuzatiladi. G.ning Gero- inizm turi keyingi vaqtda juda keng va fojiali tarzda tarkalib bormoqda. G. avj olishining oldini olish uchun ayrim mamlakatlarda tegishli tadbirlar amal- ga oshirilgan. Xususan O’zRda G.ka qarshi kurash qo’mitasi tashkil qilinib, davlat dasturi ishlab chiqilgan. Respublikada narkologiya markazi tashkil qilingan va bu markazda narkologiya bo’yicha olim va mutaxassislar tomonidan malaka- li kadrlar tayyorlanib, ular mamlakat mintaqalarida g.ka karshi keskin kurash olib boradi. G.ka mubtalo bo’lgan bemor- lar asosan shifoxona (stasionar) sharo- ITIda 2-4 oygacha davolanib, 4-5 yil- gacha ambulatoriya kuzatuvi va hisobida bo’ladilar. O’zbekistonda giyohvand vo- sitalarni i.ch. va sotish b-n shug’ullangan kishilar jinoiy javobgarlikka tor- tiladi (q. Giyohvandlik vositalari). Mirqobil Xalilov.