To’lqinlar

To’lqinlar — fazoda chekli tezlik bn tarqaluvchi modda yoki muhitning holat o’zgarishlari. T.ning tarqalish jarayonida energiya fazoning bir nuqtasidan ikkinchi nuktasiga uzatiladi, ammo zarralari ko’chmaydi. Turli xil (mexanik, issiqlik, elektromagnit) holat o’zgarishlariga turli xil T. Moe keladi. Elastik T., sirtiy T., elektromagnit T. turlari keng tarkalgan. Elastik deformasiyalarni gaz, suyuqlik va qattiq jismlarda tarqalishi elastic T. deyiladi. Tovush T.i va er qobig’idan seysmik T. elastik T.ning xususiy xoli hisoblanadi. Ikki muhit chegarasi sirti bo’ylab tarqaluvchi T. sirtiy T.dir. Elektromagnit to’lqinlar — xususan radio to’lqinlar, yorug’lik T.i, ultrabinafsha T., rentgen va gamma T. — tarqalayotgan o’zgaruvchi elektromagnit maydonlardan iborat. Bulardan tashqari gravitasion to’lqinlar ham mavjud. To’lqin jarayonlari fizik hodisalarning deyarli barcha sohalarida uchraydi. T.ni o’rganish fizika va texnika fanlari uchun muhim. Muayyan vaqt oraliklarida takrorlanib turadigan harakatlar tebranishlar deyiladi. Tebranishlar T. tarkalish yo’nalishi bo’yicha bo’lsa, bo’ylama T., (raem, a), tarqalish yo’nalishiga perpendikulyar bo’lsa, ko’ndalang T. deyiladi (raem, b). Bo’ylama T. tarqalayotganda muhit zarralari T. tarqalayotgan yo’nalish bo’ylab tarqaladi. Ko’ndalang T. da esa muhit zarralari T. yo’nalishiga perpendikulyar yo’nalish bo’ylab tebranadi. Gazlar, suyuqliklardagi elastik T. bo’ilama T.dir. Qattiqjismlardagi elastik T. (jumladan, erning seysmik T.i) bo’ylama T. shaklidagina emas, ko’ndalang T. ham bo’lishi mumkin (muhit zarralarining tebranishlari T. tarqalishi yo’nalishiga perpendikulyardir). Elektromagnit T. ko’ndalang T.dir, ularda tebranuvchi elektr maydon va magnit maydon kuchlanganliklarining yo’nalishlari T. tarqalishi yo’nalishiga perpendikulyar bo’ladi. Mexanik T. manbai tashqi kuch ta’sirida holati o’zgarishga moyil bo’lgan chekli jism va moddalar bo’lib, elektromagnit T. manbai tebranish konturi va harakatlanayotgan zaryadlar hisoblanadi. T.ning xossalarini o’rganishda uning parametrlaridan, ya’ni amplitudasi, uzunligi, chastotasi, uning tarqalish tezligi, fazasi, to’lqin vektori va b. kattaliklardan foydalaniladi. T. chastotasi, fazasi yoki amplitudasining o’zgarishini T. modulyasiyasi deyiladi. Aniq parametrning o’zgarishiga qarab Moe modulyasiya — chastota modulyasiyasi, faza modulyasiyasi, amplituda modulyasiyasi ro’y beradi. Ixtiyoriy shakldagi har qanday T. garmonik T. yig’indisi deb qaralishi mumkin. Vaqtning har bir momentida fazoning cheklangan kichik qismidagi juda yaqin chastotalarga ega T. tizimi T. guruhi yoki T. paketi deyiladi. Umuman T. fronti va T. paketining biror, mas., maksimal amplitudasi turli tezliklar bn tarqaladi. T. fronti tezligi biror o’zgarmas faza tezligidir, shu sababli bu tezlik fazaviy tezlik deyiladi. T. paketiga tegishli aniq amplituda tezligi guruhiy tezlik deyiladi. T. tarqalishida energiya guruhiy tezlik bn tarqaladi. Turli T. uchun interferentsiya, difraktsiya, sinish, qaytish, qutblanish va b. hodisalar bir xil krnuniyatlar asosida boradi. T.ning gravitasion va glyuon turlari tajribada tasdiklanmagan. Ad: Vinogradova M . B ., Rudenko O. V., Suxorukoe A. P., Teoriya voln, M., 1973; Isakevich M. A., Obtshaya akustika, M., 1973; Braginskiy V. B., Polparev A. G., Udivitelnaya gravitasiya, M., 1987. Nazar To’raev.