Gradient

Gradient (lot. gradiens — odim- lovchi) — 1) fizik kattalik (bosim, t-ra, namlik va b.)ning fazoda yoki biror o’q yo’nalishida masofa bo’yicha o’zgarish o’lchovi. Mas, bosim g.i bosimning maso- FA bo’yicha o’zgarish tezligini ifodalay- Di, potentsial energiya g.i ta’sir etuvchi kuchga, elektr potentsial g.i elektr may- don kuchlanganligiga teng va h.k.; 2) Mate- matikada fazodagi bir nuqtadan ikkin- chi nuqtagacha bo’lgan masofada qiymati o’zgaradigan kattalikning eng tez o’zgaradigan yunalishini ko’rsatadigan vektor. 3) biologiya da organizm yoki organlarning tuzilishi va ular fizio- logik xossalarining ma’lum o’q bo’yicha o’zgarishi miqdori. G. o’rganilayotgan xossa (mas, qon bosimi, t-ra)ning ko’rilayotgan joydan uzoklashgan sari asta-sekin kamayib (susayib) borishini, mas, hayvon tanasining turli joylari- da va o’simliklarning turli qismlarida qon bosimi, t-ra, nafas olish tezligi va b. xossalarining bir xil bo’lmasligini ifodalaydi.