Girin, Szilin
Girin, Szilin — Xitoydagi shahar, Girin provintsiyasida, So’ngari daryosi bo’yida. Aholisi 2250 ming ki- shidan ziyod (1990-y.lar o’rtalari). T.y. tuguni, yirik Daryo porti. Kimyo sano- ati (bo’yoqlar, kaltsiy karbid, azotli o’g’itlar), tsellyuloza-qog’oz, yog’ochsozlik, qurilish materiallari, mashinasozlik sanoati korxonalari, issiqlik elektr st-yasi va GES bor. Temir qotishmalari ishlab chiqariladi. Shahar xushmanza- ra tepaliqda joylashadi; chang’i sporti musobaqalari o’tkazib turiladi. Mada- niy va ilmiy markaz. Shaharga 1673 y.da asos solingan.