Gaz gorelkasi
Gaz gorelkasi — gazni havo (kislorod) b-n aralashtirib, yonuvchi aralashma hosil qiladigan moslama. Qizdirish asboblari, pechlar, gaz plitalari, qozon o’txonalari va b.ga o’rnatib ishlatiladi. G.g. asosiy (doimo ishlab turishga mo’ljallangan) va yordamchi xillarga. keng va ingichka alanga hosil kiladigan, aralashmani uyurmali yondiradigan hamda alangasi uzun va to’g’ri oqib yonadigan xillarga bo’linadi. G.g. gaz va havo kanallariga bo’lingan korpusdan iborat. Havo va gaz quvurlari g.g.ga kalta naycha orqali ulanadi. Berilayotgan gaz bosimiga karab, g.g. past bosim (5kPa gacha), o’rta bosim (5-300 kPa) va yuqori bosim (300 kPa dan yuqori) gorelkalariga bo’linadi. Gaz asbobi xiliga qarab, gorelkalar soni har xil bo’ladi. Mac, to’rt kamfarali gaz plitalarida 4 ta g.g. ishlatiladi. G.g. uzun va dumaloq qilib ishlab chiqariladi. Umuman, G.g. diffuzion, injektsion, gaz turbinali, aralash (gazmazutli, chang-gazli) xillarga bo’linadi. Diffuzion G.g.da yoqish kamerasiga gaz va havo keladi. Gaz va havoning aralashuvi yonish kamerasida yuz beradi. U sanoat pechlari va qozonlarida ishlatiladi. Injektsion G.g.da havo gaz oqimi energiyasi hisobiga so’riladi (injektsiyalanadi), havo b-n gazning aralashuvi gorelka korpusi ichida yuz beradi. Bundam gorelkalar issiqxonalarni isitishda, neftni qayta ishlash z-dlari pechlarida, boshqa sanoat pechlarida ishlatiladi. Gaz turbinali g.g.da havo gaz turbinasi harakatga keltiradigan ventilyator yordamida beriladi. Uning ish unumdorligi kelayotgan gaz bosimi kattaligi b-n tartibga solib turiladi. Bunday gorelka katta gaz qozonlarida ishlatiladi. Yorug’lik beruvchi alanga hosil qilish zarur bo’lgan yoki gazning o’zi b-n zarur t-ra hosil qilib bo’lmaydigan hollarda aralash g.g.dan foydalaniladi. Metallarni payvandlash va qirqishda ishlatiladigan g.g. haqida kislorod bilan kesish maqolasiga q.