Gamma-globulin
Gamma-globulin (u-globulin) -qon zardobi oqsilining tarkibiy qismi; tarkibida kasallik kuzg’atuvchi turli xil mikroorganizmlarni neytrallaydigan immunoglobulinlar bo’ladi. «G.-g.»terminini birinchi marta Shvesiya kimyogari A. Tiselius kiritgan (1937). G.-g. viruslar, bakteriyalar va b.ni zararlab nobud qiladi, shuning uchun bolalarda uchraydigan virusli va infektsion kasalliklar (qizamiq, ko’kyo’tal, epidemik gepatit, poliomielit va h.k.) ni davolash, shuningdek jarrohlik operasiyalaridan keyingi yiringli asoratlarning oldini olish (stafilokokka qarshi g.-g.) maqsadida ishlatiladi. G.-g. donor qonidan yoki plasentar qon (tuqqandan keyin yo’ldoshdan chiqadigan qon)dan, preparatlari esa ma’lum kasallik b-n og’rib tuzalgan kishilar yoki maxsus vaktsina yuborilgan hayvonlar (ko’pin-cha ot) qonidan olinadi. Bemorlar b-n muloqotda bo’lgan yoki kasallikni o’ziga yuqtirgan kishilarga profilaktika maqsadida muskul orasiga yuboriladi. G.-g. ta’sirida kasallik engil kechadi va asoratlar qolmaydi.