Garaylar
Garaylar (Gireylar, Geraylar) — Qrim xonlari sulolasi (1427-1783). Xonlik taxtiga da’vogar sifatida Hoji Garay (1466 y. v.e.) tomonidan asos solingan. 1449 y. Qrim xonligi Oltin O’rdadan mustaqil bo’lib ajra- lib chiqqan. G. hokimiyati yirik urug’lar [shirin, bahrin, qipchoq, Mang’it (man- sur), arg’in] ta’siri ostida bo’lib, urug’ boshliqlari xon huzuridagi kengash tar- kibiga kirganlar. Hoji Garayning o’g’li Mengli Garay davrida Qrim xonligi Turkiyaning vassaliga aylangan (1475). 18-a.da Rossiya Qrimni egallash uchun Turkiya b-n kurashgan. Kuchuk-Qaynarja sulh shartnomasiga ko’ra, g. Qrimning mustaqil hukmdorlari deb tan olingan; 1783 y. Rossiya Qrimni bosib olishi b-n Qrimning so’nggi xoni Shagin Garay taxtdan voz kechgan.