Garsia Markes
Garsia Markes (Garcia Marquez) Gabriel (1928, Arakataka) — kolum- biyalik yozuvchi. «El Espektador» (E1 Espectador») gaz.ning Bogota va evro- padagi reportyori. 1959-60 y.larda Kuba «Prensa Latina» agentligining muxbiri. Dastlab stsenariylar yozgan. «To’kilgan yaproqlar» (1955), «polkov- nikka hech kim yozmaydi» (1958), «g’arazli soat» (1962) povestlari realistik ruhda yozilgan, «Grande-ona dafn marosimi» (1962) to’plamiga kirgan hikoyalari fan- tastikaga boy. «Yuz yil tanholikda» (1967-70) roman epopeyasi Kolumbiya ta- rixiga bag’ishlangan. «Vabo va muhabbat» (1985) romanida folklor va mifologi- yadan foydalanib, o’ziga xos milliy ong- ni tiklashga harakat qilgan. G. M.ning «Yuz yil tanholikda» (1986) Roma- ni o’zbek tiliga tarjima qilingan. No- bel mukofoti laureata (1982).