GO’SHTASP

GO’SHTASP (yunon manbalarida «Hustosb», Avestopya «Vishtaspa») — ka- yoniyyaar sulolasining beshinchi xuKMdo- ri, Eron podshohi Luhrospning ugli va taxt vorisi. Rivoyatlarga ko’ra, g. davrida Zardusht o’z diniy ta’limotini targ’ib etishga kirishgan. G. uni saroyga chorlab zardushtiylikni qabul qilgan va bu din- ni davlat dini, deb e’lon qilib, mam- lakatda ko’plab otashkadalar qurdirgan, Avestoni oltin taxtachalarga yozdirib, Markaziy ibodatxonaga qo’yishni bu- yurgan. Arjasp Eronga bostirib ki- rib, Luxrospni katl etgach, g. otasining o’chini olmoq uchun o’g’li Isfandiyoria katta qo’shin b-n Turonga jo’natgan. Is- fandiyor g’alaba b-n qaytgach, g.dan taxtni talab qilgan. Shunda G. Isfandiyordan qutulish maqsadida uni Rustamni bandi qilib keltirmoq uchun Seyistonga yubor- gan, ammo Rustam jangda g’olib kelib is- fandiyorni o’ldirgan. Shundan so’ng, g. bir qancha vaqt hukmdorlik qilgach, taxtni uz ixtiyori b-n nabirasi Bahmanga topshi- rib, toat-ibodat b-n mashg’ul bo’lgan.