GUUAM

GUUAM — mintaqaviy tashkilot (atama tashkilotga a’zo bo’lgan davlat- lar ruscha nomlari bosh harflarini bildiradi). Unga 1996 y.da Vena sh. (Avstriyaka Gruziya, Ukraina, Ozarbay- jon va Moldova davlat rahbarlari to- monidan asos solingan. 1999 y. apr.da- tashkilotga O’zbekistan ham qo’shildi. Tuzilmaning asosiy maqsadi Osiyo- Kavkaz-Evropa yo’lagini ishga solish, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish- dir. O’zbekistan ushbu tuzilma tarkibiga kirishi tufayli Turkmanboshi (Turkma- niston) portidan Kaspiy dengizi orqali Bokuga, undan t.y. vositasida Gruziya g’arbiy portlariga chiqish va nihoyat, Qora dengiz orqali Bolgariya, Rumi- niya, Turkiya, Gresiya hamda Evropaning boshqa mamlakatlari b-n savdo qilish, mahsulotlarni kam chiqim b-n xorijiy sheriklarga etkazib berish imkoniyatidan foydalanadi. GUUAM hech qanday siyosiy yoxud harbiy-siyosiy maqsadlarni ko’zda tutmaydi va hech bir davlatga yoki xalqaro tashkilotga qarshi qaratilgan emas. Tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlarining Yalta (2001 y. iyun) uchrashuvida GUUAM Xartiyasi qabul qilindi. GUUAM doirasida yagona ax- borot makonini, erkin savdo zonasini vujudga keltirish masalalari, trans- port kommunikasiyasi, savdo-iqtisodiy aloqalar b-n bir qatorda ilm-fan, texnologiya va ijtimoiy sohadagi hamkorlikni rivojlantirish masalala- ri to’g’risida kelishib olingan.