Guyukxon

Guyukxon (1205-48) – mo’g’ullar imperiyasining ulug’qoni (1246-48). O’qtoyxon (Ugeday) (1186— 1241)ning to’ng’ich o’g’li. Chingizxonning nabirasi. 1236-41 y. mo’g’ul shahzodalarining bo- Tuxon boshchiligida Rossiya va Sharqiy Evropaga qilgan bosqinchilik yurishla- rida qatnashgan. Lekin otasining vafo- tini (1241 y.mart) eshitib, shoshilinch ravishda o’z yurtiga qaytib kelgan. 1246 y. sent.da Qoraqurumda bo’lib o’tgan chin- gizxon avlodlari qurultoyida g. qonlik taxtiga o’tqazilgan. Otasi vafotidan keyin o’tgan 5 yil mobaynida davlatni onasi Turakina xotun boshqarib tur- gan. G. hukmronlik davrida Kavkazning Jan. Sharqiy qismi, Koreyaning bir qismi bosib olingan. Xitoy va Eronni bosib olish uchun kurash davom ettiril- gan. Chig’atoy ulusinaig ichki ishlari- ga aralashgan. G. Oltin O’rda hukmdori Botuxonga qarshi urushga otlanib yo’lga chiqqanda to’satdan vafot etgan.