Tog’ jinslarining radioaktivligi

Tog’ jinslarining radioaktivligi — tog’jinslari tarkibida U, Th radioaktiv elementlarining va ularning emirilish mahsullari K va tog’jinslarining suv Rb larning mavjudligi. Radioaktiv elementlar 92U, 92U radioaktiv had radioaktiv izotopining mikdori bilan aniqlanadi. Uran ikkala izotopining er po’stidagi (16 km chuqurlikkacha) mikdori taxm. 2,510~4% (vazn hisobida), toriyniki 1,310—3%, kaliy radioaktiv izotopiniki 0,29%. T. j.r. Erning issiklik balansida muhim rol o’ynaydi. Magmatik jinslarda radioaktiv elementlar tarkibi ularning nordonliligi yoki ishqorliligi ortishi bilan o’sib boradi. Otqindi tog’ jinslari orasida nordon jinslar eng katta radioaktivlikka (U — 3,510~4; Th — 1,810—3), ultraasosli jinslar esa, eng kichik radioaktivlikka (U— 310~7) egadir. Otqindi tog’jinslarda U, asosan, toriy Nodir er elementlari guruhini aktsessor minerallarida izomorf aralashma ko’rinishida va jins hosil qiluvchi minerallarda sochma shaklda uchraydi. Th esa, asosan, toriynodir er elementlari guruhini aktsessor minerallarida etakchi element yoki aralashma holida ishtirok etadi. K va R mineral hosil qiluvchi minerallar bilan boglik,. Cho’kindi tog’jinslaridagi radioaktiv elementlar (U—3,2104: Th— 1,1YU3) tarkibi kelib chiqishiga bog’liq. Terrigen cho’kindi tog’jinslari radioaktivligi magmatik jinslarnikiga yaqin. Cho’kindi tog’jinslari orasida uning yuqori kontsentrasiyalisi sifatida dengiz fosforitlari (50—300×10′»%), ba’zi bir kora slaneslar (to 100×10~4%) hamda baliqlarning suyak qoldiqlari va qo’ng’ir ko’mir ajratiladi. Metamorfik jinslarning radioaktivligi etarli o’rganilmagan. Tuprokdagi Th ning Ura nisbati tub jinslardagiga qaraganda ancha katta. Nordon jinslar zamirida paydo bo’lgan tuproq ancha yuqori radioaktivlik bilan ajralib turadi. Oydagi kristalli jinslar (bazaltlar, anortozitlar)da radioaktiv elementlar juda kam. Ingliz geologi J. Jouli birinchi bo’lib (1905) T.j.r.ni er issiqlik energiyasi manbai sifatida muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatdi.