Toshkent tsirki

Toshkent tsirki – o’zbek va boshqa davlatlar tsirk artistlarining chiqishlarini namoyish etuvchi yirik stasionar tsirklardan biri. Olim va sayyohlarning esdaliklarida Toshkentda tsirk tomoshalari muallaqchi, nayrangboz, yovvoyi va uy hayvonlarini o’rgatuvchi kishilar mahorati bilan boshlangani haqidagi tafsilotlar, rivoyatlar saklangan. Xalq sayillarida, bozor va guzarlarda dorboz va simbozlar, jonglyorlar, polvon va besuyaklar o’z san’atlarini namoyish etganlar. Ayniqsa, dorbozlik keng rivoj topgan. 19-a. oxirida Toshkentda gastrolda bo’lgan F. Yupatov, V. Sobolevskiy, A. Farrux, R. Kapito, E. Gamkrelidze va b.ning antreprenyor truppalari muvaqqat binolarda tomosha ko’rsatgan. Toshkent yarmarkalarida bir vaktda 3-4 ta tsirk tomoshasi, jumladan, o’rgatilgan hayvonlar bilan ham tomosha ko’rsatilgan. Eski shaharda 10 ming tomoshabinga mo’ljallangan ochiq tsirk ishlab turgan. 1913 y.dan tsirk truppalarining tomoshalari «Kolizey» binosida ko’rsatila boshladi. 1914 y. oxirida voskresene bozori hududi (hoz. Navoiy maydoni) yaqinida F. Yupatovning yogochdan ishlangan stasionar tsirk binosi qurildi. Bu erda evropalik va rus artistlari bilan birga o’zbek artistlari, jumladan, Yusufjon qiziq Shakarjonov, akrobatchi, raqqosa, chavandoz E. Yupatova (go’zal Elena) va b. xam tomosha ko’rsatganlar. T.ts.ning birinchi badiiy rahbari va direktori — A.V. Lapiado (asl familiyasi Korolyov). 1928 y. Karim Zarifov «Kizil Sharq» (keyinroq «kooperativ») tsirk truppasini tashkil etdi. 1930 y. O’rta Osiyo respublikalari va Qozog’iston tsirklari birlashtirilgan davlat tsirklari Markaziy boshqarmasi tuzildi. 1941-44 y.lar T.ts. qoshida Abdulla Gismatulin rahbarligidagi akrobatika studiyasi ishladi. 1942 y. oktyabrda o’zbek tsirki jamoasi tuzildi. Bu erda Yusufjon Qi^iq, dorbozlar — Toshkanboevlar, chavandozlar — Zarifovlar, Rahmonovlar, Xo’jaevlar, gimnastlar — Madalievlar, keyinroq qiziqchi va akrobat Yusupovlar, rus masxarabozlaridan g. Zastavnikov, P. Borovikov va b. ishladilar. 1950-56 y.larda T.ts. badiiy rahbari — Erkin Toshkanboev, 1976-90 y.lar Obidjon Toshkanboev. Toshkent zilzilasi (1966)dan keyin vaqtinchalik shapito tsirki ishlab turdi. 1975 y. Xadra maydonida 2597 o’rinli yangi T.ts. binosi qurib bitkazildi (arx. G. Aleksandrovich, G. Masyagin; muhandislar S. Berkovich, R. Muftaxov). Tsirk binosi ikki qismdan iborat: tomosha zali hamda uning atrofida joylashgan vestibyul, foye, garderob, bufetlar va xizmat xonalari. Bino echimida an’anaviy ustun — to’sinli ustun o’rniga hoshiya — halqali qurilma uslubining qo’llanilishi foyeni ustunlardan xoli kilishga va tomoshabinlar uchun qulay sharoit yaratilishiga imkon berdi. Shu bilan birga foye ikki xil balandlikda qurilgan; yuqoridagisi 7 metrli halqa konsol yordamida to’la aylana hosil qilib, katta bufet bilan birlashtirilgan. U serhasham zinapoyalar orqali pastki sathi bilan tutashtirilgan. Foye intererlari tsirk san’ati mavzuiga oid yorqin nur taratuvchi rangli vitraj bezaklar yordamida vazmin oqish tus ko’rinishiga ega. Foye, zalga kiriladigan yo’lakchalar milliy an’anaviy ganch o’ymakorligi, eshiklar yog’och o’ymakorligi uslubida ishlangan. Po’lat Toshkanboev.