TROXOIDA
TROXOIDA (Yun. trochos — g’ildirak, eidos — ko’rinish, shakl) — qo’zg’almas aylana bo’ylab sirpanmasdan g’ildirayotgan doiraning markazidan h masofada joylashgan nuqta chizib chiqadigan tekis egri chiziq. Arap h masofa g’ildirayotgan doiraning g radiusiga teng bo’lsa, u holda T. episikloidaga yoki giposikloidaga aylanadi. Agar doira qo’zg’almas aylananing tashqi tomonida g’ildirasa, T. epitroxoida deb, agar doira qo’zg’almas aylananing ichki tomonida g’ildirasa, T. gipotroxoida deb ataladi. h>r bo’l ganda T. uzaytirilgan T. deb h<r bo’lganda T. qisqartirilgan T. deb ataladi. Sayyoralarning erga nisbatan harakati taxminan T.ga o’xshash bo’ladi. Mexanizmlar kinematikasida (xususan, tishli g’ildiraklarga tish ochishda) ahamiyati katta.