TREMOLIT

TREMOLIT (Shveytsariyadagi Tremola vodiysi nomidan) — monoklin amfibollar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Ca2Mg5[Si40M] (ON,G’)2. Rangsiz, kulrang, shishadek yaltiroq. Qattiqligi 6-6,5, zichligi 3 g/sm3 atrofida. Ignasimon kristallar, radialnursimon agregatlar hosil qiladi. Zich yashirin kristalli turi nefrit, ingichka tolali agregatlari asbest deb ataladi; vinchit, geksagonit, mangantremolit kabi turlari ham mavjud. Dolomit va ohaktoshlarning kontaktli o’zgarishining erta bosqichida xrsil bo’lgan metamorfik mineral. T. metamorfik kristallangan ohaktosh, dolomit, slanes va boshkalar bilan birga uchraydi. T.asbest konlari Italiya (Lombardiya) va Korsika o.da topilgan. O’zbekistonda T. ChatqolQurama regionida va G’arbiy O’zbekistonda tarqalgan.