Treskasimonlar (Gaditae) baliqlar oilasi

Treskasimonlar (Gaditae) baliqlar oilasi. 21 urug’ga Birlashgan 53 turi bor. Atlantika okeanining iliq qismidagi dengizlarda ko’p. Tinch okean shim.da, Arktika dengizlarida, Jan. yarim sharning mo»tadil zonasidagi suvlarda kamroq, bir turi Evropa, shim. Osiyo va shim. Amerika ning chuchuk suvlarida tarqalgan. Yirik T. (treska, merluza, sayda) yirtqich. Asosan, baliklar, mayda T. (sayka) plankton qisqichbaqasimonlar, ba’zilar (piksha) suv tubidagi umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Ko’pchilik T. to’dato’da bo’lib oziq izlab yoki ko’payish joylariga ko’chib yuradi; yilning sovuq davrida ko’payadi. T. muhim xo’jalik ahamiyatiga ega. Go’shti yog’siz, jigarida to’plangan moydan vitaminga boy baliq moyi tayyorlanadi. T. dunyo miqyosida ovlanadigan baliqlarning 15% ini tashkil etadi. Keng tarqalgan turi treskaning uz. 180 sm gacha, og’irligi 40 kg cha. Bir nechta kenja turi bor, shundan Atlantika T.i shim. Norvegiya, Grenlandiya, Barents dengizlari va b.da, Boltik T.i Boltik,dengizida, oq dengiz T.i oq dengizda, tinch okean T. i tinch okeanning Osiyo va shim. Amerika qirg’oqlarida uchraydi. T., odatda, 300 m cha chuqurlikda yashaydi. Ovlanadi. Muhim xujalik ahamiyatiga ega.