Tulyaremiya

Tulyaremiya (AQSh Kaliforniya shtatidagi Tulyare degan joy nomidan olingan, dastlab shu erdagi zararlangan yumronqrziklardan topilgan) — hayvonlar (ko’proq qo’y, mo’ynali hayvonlar) va odamda uchraydigan tabiiy O’chokli o’tkir infektsion kasallik; hayvonlarda kasallik ko’pincha yashirin kechadi; odamda o’pka, limfa tugunlari (bubon — shish hosil qilib), ichak zararlanishi bilan o’tadi. T. kasal kemiruvchilardan yuqadi. Kasallik odamdan odamga yuqmaydi. Qo’zg’atuvchilari organizmga shikastlangan teri, ko’z shilliq qavati, nafas yo’llari, me’daichak yo’li orqali kiradi. Kasallikning yashirin davri (q. Inkubasion davr) 3-7 kun (ba’zan 21 kungacha). Kasallik to’satdan boshlanadi, harorat 38-39° gacha ko’tariladi, et uvishib, bosh, muskullar ogriydi, bemor qayt qilishi, alaxlashi, burni qonashi mumkin. Kasallikning birinchi kunidan boshlab bemor darmonsizlanadi, bo’shashadi, loqayd bo’lib qoladi, ko’p terlaydi. Qo’zg’atuvchilar odam organizmiga zararlangan teri (shilingan, kesilgan va tirnalgan joydan), ko’z shilliq pardasi orqali tushganida uning o’rnashgan joyi yaqinidagi limfa tugunlarida (q. Limfa sistemasi) yallig’lanish jarayoni ro’y beradi va bubon paydo bo’ladi. Qo’zg’atuvchilar nafas yo’llari orqali o’tganda bronxit, o’pka yallig’lanishi, hazm yo’lining shilliq qavati orqali kirganida ko’ngil aynib, qorinda kuchli og’riq paydo bo’lishi mumkin. T.ga shubha bo’lgan joylarda kemiruvchilar va qon so’ruvchi bo’g’imoyokdilarni yo’qotish choralari ko’riladi, ichiladigan va xo’jalik suvlari zararsizlantiriladi.