Tridimit

Tridimit (Yunoncha tridymos — uch qo’shaloq) — mineral, kremniy2 oksidning (SiO2) yuqori trada, geksagonal singoniyada kristallanadigan modifikasiyasi, Fe, Al, Na va boshqa aralashmalari mavjud. Rangi oq, rangsiz. Plastinkasimon kristallar, sferik agregatlar, nayzasimon qo’shaloklar, ko’pincha uch qo’shaloq, gulbargsimon agregatlar hosil qiladi. Kam uchraydigan minerallar, odatda, nordon effuzivlarning darzliklari va g’ovaklarida, tuflarda; meteoritlar va Oy jinslarida ham topilgan. Tridimit — o’tga chidamli modda (dinas)larning asosiy tarkibiy qismi. O’zbekistonda Angren kumir koni rayonida topilgan.