Tuman xoqon, tuman Tangriqut
Tuman xoqon, tuman Tangriqut — 1) hunlar davlati hukmdori (mil. AV. 240-210 y.lar). Xitoy manbalarida tuman (Touman) shanyuy deb ataladi. Qadim zamonda «shanyuy» deb O’qilgan 2 ieroglif tanyi, Tanjiu deb talaffuz etilgan bo’lib, ular Tangri so’zining xitoycha transkripsiyasi edi. T.x. hunlar davlatini imperiyaga aylantirgan, T.x. xalqini ilk birlikka keltirgan va mil. AV. 210-174 y.larda taxtga o’tirgan Botirtangriqutning (Maodun, Mode), ya’ni O’g’uzxonning otasidir. T.x. o’g’li tomonidan o’ldirilgan. Bunga asosiy sabab T. x. davrida Ruzie (Yueji, Yueszi) davlati katta qudratga ega bo’lgan va ushbu davlat bilan tinchlik munosabatini saqlash maqsadida u taxt vorisi bo’lgan katta o’g’li Botirtangriqutni garov sifatida Ruzie xonning huzuriga yuborgan va taxtga kichik xotinidan bo’lgan o’g’lini o’tqazmoqchi bulgan. Bundan norozi bo’lgan Botirtangriqut garovlikdan qochib, vataniga qaytib borgach, qo’shin qo’mondoni etib tayinlangan. Ushbu imkoniyatdan foydalanib otasi va o’gay onasi, undan bulgan bolalarni yo’q qilib taxtni ko’lga olgan (yana q. Mode Xokon); 2) Turk xoqonliginksh asoschisi Bumin xoqonning Xitoy manbalaridagi nomi.