Tumanboshi
Tumanboshi — 10 ming jangchidan iborat harbiy qism, diviziya qo’mondoni. Turkiy manbalarda no’yon, tuman oqosi, tumanbegi kabi ma’nodoshlari ham qayd etiladi. Chingizxon armiyasida mo’g’ul aristokratiyasining ko’zga ko’ringan vakillari — no’yonlar T. vazifasini o’tagan. Ular ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy va h.k. hayotning muhim masalalari hal qilinadigan qurultoylarda qatnashish va o’z fikrini ochiqoydin ifoda etish xuquqiga ega bo’lgan. T., odatga ko’ra, yo’lbars tasviri tushirilgan oltin payza bog’lab yurgan va bu lavozim nasldan naslga meros sifatida o’tgan. Amir Temur qo’shinida tumanlarga boshchilik qilgan shaxslarga alohida talablar qo’yilgan. G’anim kuchlarini tormor qilgan yoki uning hududlarini zabt etgan T. tug’va dovul bilan taqdirlangan hamda «Bahodir» faxriy unvoni bilan sarafroz etilgan. Sohibqirondan biror chegara viloyatni boshqarish uchun suyurg’ol tarzida qabul qilgan. T. mashvaratu kengashlarda qatnashish huquqiga ham ega bulgan. T.ga mingbegi, yuzbegi va o’nbegilar bevosita bo’ysungan. T. lavozimi, asosan, adadi bir necha 10 yoki 100 mingdan iborat qo’shinlar tarkibida ko’proq kuzga tashlanadi. Bobur qo’shinida T. lavozimi mavjud bo’lmagan, chunki qo’shinning soni 12 mingdan ortiq emas edi.