Tuyaquyruq

Tuyaquyruq (Carduus albidus MB.) — murakkabguldoshlarga mansub bir yillik begona o’t. Poyasi yakka, tik usadi, chochoq, sershox, poyasining yuqorigi shoxlari kalin, oq tuklar bilan krplangan, bo’yi 15-60 sm. Barglari etli, keng nashtarsimon va patsimont shapaloq, tikanli, bandsiz. Gullar to’q qizil, chochoq, savatsimon to’pgulga yig’ilgan. Mevasi urug’cha. May — iyulgacha gullaydi va mevalaydi. Urug’idan ko’payadi. 10-25° haroratda urug’i unib chiqadi. Ildizi o’q ildiz. O’zbekistonning barcha hududida, jumladan, Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida tarqalgan. G’o’za, beda, don va b. barcha ekinlar orasida uchraydi. Quriq, tashlandiq erlarda, sug’orish shoxobchalari yaqinida, yo’l yoqalarida, bog’va tokzorlarda o’sadi. Kurash choralari: bedani T. urug’i etilguncha o’rib olish; g’alla ekinlariga 2,4 D tipidagi gerbitsidlar purkash.