TUG’ILGANLIK HAQIDA GUVOHNOMA, METRIKA

TUG’ILGANLIK HAQIDA GUVOHNOMA, METRIKA — bolaning tug’ilganligi, uning otaonasi kim ekanligini tasdiklovchi hujjat. Bolaning tug’ilishini qayd etish majburiy bo’lib, bola tug’ilgan joydagi yoki otaonasidan birining doimiy yashash joyidagi Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) organida amalga oshirilishi lozim. Tug’ilganlik haqidagi ariza bola tug’ilgan kundan boshlab 1 oy muddat ichida berilishi zarur. Tug’ilganlikni qayd etish uchun: tibbiyot muassasasining bola tug’ilganligi to’g’risidagi tibbiy ma’lumotnomasi, otaonalarining pasportlari yoki ularning o’rnini bosuvchi hujjatlar, nikoh tuzilganligi to’g’risidagi gerbli guvohnoma yoki otalikni belgilash haqidagi ariza taqdim etiladi. Tug’ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilgach, ariza beruvchiga T. h.g. hamda sug’urta kassasiga topshirish uchun ma’lumotnoma beriladi. Egizak (2 va undan ortiq) bolalar tug’ilganda ularning har biri uchun tug’ilganlik haqida tibbiy ma’lumotnoma taqdim etilishi kerak, ular asosida tug’ilganlik haqida alohidaalohida dalolatnoma yozuvlari, ularning har biriga alohida T.h. g. beriladi. Ulik tug’ilgan bolaning tug’ilganligini, shuningdek, hayotining 1haftasida o’lgan (perinatal o’lim) bolalarning tug’ilganligini va o’limini qayd etish tibbiy muassasa arizasiga binoan, shu hududdagi FHDYO organida 24 soat ichida amalga oshiriladi. Ushbu harakatlar O’zR Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida»gi 171sonli qarori (1999 y. 1 apr.) 1ilovasi bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari asosida bajariladi. Shoira Yo’ldosheva.