Tuyatovon

Tuyatovon (Zygophyllum L.) — Tuyatovondoshlar oilasiga mansub ko’p yillik ildizpoyali o’simliklar turkumi; o’t, buta, chala butalardan iborat. Poyasi qattiq, sershox. Bo’yi 30— 70 sm. Bargi sersuv, qaramaqarshi, bir, ba’zan 2-4 juftdan joylashgan. Gullari 1 yoki 2 tadan, tojbarglari oqimtirsariq, tagi qizil dog’li, changchisi 8-10 ta. Yoz davomida gullab urug’laydi. Urug’idan ko’payadi. Urug’i 20-30° haroratda unib chiqadi. Mevasi bir yoki bir nechta uchli ko’sakcha. Ildizi o’q ildiz. Er sharining cho’l va dashtlarida tarqalgan. 250 dan ortiqturi bor. O’zbekistonda 13 turi uchraydi. G’unchasi sabzavot sifatida ovqatga ishlatiladi. Begona o’t sifatida hamma ekinlar orasida uchraydi. Daryo vodiylari, vohalardagi bir oz sho’rtob erlarda o’sadi. Kurash choralari: erni chuqur haydash, chopiq, kultivasiya va b.