Galogenidlar

Galogenidlar — galogenlarnint boshqa elementlar b-n hosil qilgan kimyoviy birikmalari. G.ga, odatda, galogen atomining elektr manfiyligi boshqa elementlarnikiga karaganda yuqori bo’lgan birikmalar kiritiladi. Aralash va poligalogenidlar, gidrogalogenidlar, oksogalogenidlar, oksigalogenidlar, gidroksogalogenidlar, tiogalogenidlar va kompleks g. mav-jud. Element — galogen bog’lanishiga ko’ra oddiy g. ionli va kovalentli xillarga bo’linadi. G. ni to’g’ridan-to’g’ri elementlardan, galogenvodorodlarni yoki ularning kislotalarini elementlar b-n reaktsiyaga kiritib olish mumkin. G. tabiatda minerallar holida, dengiz va ummonlar suvida uchraydi. Ba’zi G. (mas, natriy xlorid, kaliy xlorid, kaltsiy xlorid)tirikorganizmtarkibigakiradi. G. texnikada galogenlar olishda, ishqoriy va ishqoriy-er metallar sintezida, shisha va b. anorganik materiallar komponenti sifatida qo’llaniladi.