YULG’UNSOY

YULG’UNSOY — Samarqand viloyatining g’arbiy qismidagi soy. Katarmoya tog’larining Janub yon bag’ridan, Oqmozor qishlog’idan shimolroqda, 620 metr balandlikdan boshlanadi. Soyning qishloqqacha bo’lgan qismi Oqmozorsoy deb ataladi. Uzunligi 42 kilometr, havzasining maydoni taxminan 400 kilometr kvadrat. Dengizli quduqlaridan 1,3 kilometr g’arbroqda Yerga singib ketadi. Asosan, buloqlar va yomg’ir suvlaridan to’yinadi, shu bois yilning yog’insiz davrida qurib qoladi.