YULG’UNDOSHLAR

Ma’nosi

YULG’UNDOSHLAR — ikki urug’pallali o’simliklar oilasi. O’rta bo’yli daraxt yoki buta, ba’zan chala butalardan iborat. Barglari (ko’pincha reduktsiyalangan) navbatlashib joylashgan, mayda, odatda, bigizsimon yoki tangachasimon. Gullari mayda, ikki jinsli, to’pguli shingilsimon yoki ro’vaksimon. Yevropa, Osiyo, Afrikada 3-4 turkumi, 120 ga yaqin turi tarqalgan. Asosan, sho’rxok yerlarda, cho’l va chala cho’llardagi suv havzalari qirg’oqlarida hamda tog’larning quruq yon bag’irlarida o’sadi.

O‘xshash so‘zlar

Yu harfi: barcha so‘zlar