Galenit
Galenit (lot. galena — qo’rg’oshin rudasi), qo’rg’oshin yaltirog’i — sulfidlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi PbS. G. 86,6% qo’rg’oshin va 13,4% oltingugurtdan iborat. Tarkibida ko’pincha Se, Ag, Bi, Sb, Sn, Zn, Fe, Cd va b. qo’shimchalari bo’ladi. Kub singoniyali. Kristallari murakkab kub shaklida. Druza va skelet, oqma kollomorf massa, kamroq kub va oktaedr kristallari ko’rinishida uchraydi. Rangi qo’rg’oshinsimon kulrang, metallsimon yaltiraydi. Qattikligi 2— 3. S. og. 7,4—7,6. G. o’rta va past t-rali gidrotermal konlarda sfalerit, xalkopirit, arsenopirit, pirit, pirrotin va b. b-n birga uchraydi. Nuraganda G.ning yuzasi oksidlanib tserussit yoki anglezit mineraliga aylanadi. RFda (Oltoy, Shim. Kavkaz, Sharqiy Sibir, Primore), Qozog’iston, AQSh, Kanada, Avstraliyada xamda, Afrika qitasida yirik konlari bor. O’zbekistonda Nurota, ChatqolQurama tog’lari va b. joylarda konlari ma’lum. Asosan qo’rg’oshin olinadigan ruda. Tibbiyotda va bo’yoq tayyorlashda ishlatiladi.